Buyurtma berish
Bosh sahifa › Toʻy taklifnomasi

Onlayn toʻy taklifnomasi

Nikoh toʻyingiz uchun telefonda ochiladigan chiroyli shaxsiy sahifa — mehmonlarga havolani Telegram, WhatsApp yoki Instagram orqali yuborasiz.

Qogʻoz taklifnoma bosib, uyma-uy tarqatish oʻrniga endi bitta havola kifoya. Elektron toʻy taklifnomasida kelin va kuyov ismlari, toʻy sanasi va vaqti, toʻyxona manzili hamda Yandex yoki Google xaritadagi joylashuv bor — mehmon bir bosishda yoʻlni topadi.

Har bir dizayn mobil telefon uchun yaratilgan: chiroyli ochilish animatsiyasi, toʻygacha qolgan vaqtni sanovchi taymer, orqa fon musiqasi, suratlar galereyasi, marosim dasturi va “Bizning hikoyamiz” boʻlimi. Mehmonlar “Kelaman / Kelolmayman” deb javob beradi va tilaklarini qoldiradi — hammasi sizning Telegramingizga tushadi.

Taklifnoma oʻzbek, rus va qozoq tillarida tayyorlanadi. Premium paketda har bir mehmonga alohida havola beriladi: ochganda “Hurmatli Aziz aka” kabi uning ismi chiqadi.

Toʻy uchun 21 ta dizayn

Nikoh (nafis) — taklifnoma dizayni

Nikoh (nafis)

Cream va oltin minimalist, Qurʼon nikoh oyati bilan. Nafis va vazmin uslub.

Demoni koʻrish →
Sadaf (oq-krem) — taklifnoma dizayni

Sadaf (oq-krem)

Ivory shoyi, krem-shampan palitra, sevgi maktubi introsi va mum muhr.

Demoni koʻrish →
Minimalist Jigarrang — taklifnoma dizayni

Minimalist Jigarrang

Iliq jigarrang palitra va zamonaviy editorial kompozitsiya.

Demoni koʻrish →
Visol (nafis) — taklifnoma dizayni

Visol (nafis)

Cream va oltin nafis nikoh, Qurʼon oyati va visol oqshomi ruhi.

Demoni koʻrish →
Universal — taklifnoma dizayni

Universal

Rang, shrift, sanoq, kalendar va manzil kartasi sozlanadigan uslub.

Demoni koʻrish →
Zumrad Royal — taklifnoma dizayni

Zumrad Royal

Toʻq zumrad yashil va oltin, saroy uslubidagi tantanali hashamat.

Demoni koʻrish →
Klassik Oltin — taklifnoma dizayni

Klassik Oltin

Oltin urgʻular, nafis serif shriftlar va simmetrik kompozitsiya.

Demoni koʻrish →
Gulzor — taklifnoma dizayni

Gulzor

Botanik arka va gul novdalari, Qurʼon oyati, dress-kod va mehmon eslatmasi. 4 til.

Demoni koʻrish →
Baxt eshigi — taklifnoma dizayni

Baxt eshigi

Bulutlar orasidagi oltin darvoza ochiladi, konvert, oy kalendari va toʻyona kartasi.

Demoni koʻrish →
Xazon (kuz) — taklifnoma dizayni

Xazon (kuz)

Kirishda yomgʻirli kuz videosi va surib ochish slideri, xazon barglari fonida nafis kuz palitrasi.

Demoni koʻrish →
Karnay-surnay (feruza) — taklifnoma dizayni

Karnay-surnay (feruza)

Milliy liboslardagi kelin-kuyov, karnay-surnay va gul bezakli, bir sahifalik nafis feruza taklifnoma.

Demoni koʻrish →
Nafis toʻr (konvert) — taklifnoma dizayni

Nafis toʻr (konvert)

Toʻr naqshli konvert va yurak muhr, nafis kun tartibi, sanoq va hikoya — oq-krem uslubda.

Demoni koʻrish →

Qanday buyurtma qilinadi?

1Dizayn tanlangYuqoridagi dizaynlardan birini oching va demosini koʻring.
2Maʼlumot yuboringIsmlar, sana, vaqt va manzilni Telegram yoki Instagramga yozing.
3Havolani tarqatingTayyor havolani mehmonlarga Telegram, WhatsApp yoki Instagram orqali yuboring.

Narxlar

Mini

150 000 soʻm
  • Tayyor dizayn
  • Ismlar, sana va vaqt
  • Manzil va xarita tugmasi
  • Teskari sanoq taymeri

Premium

200 000 soʻm
  • Mini paketdagi hamma narsa
  • Orqa fon musiqasi va foto-galereya
  • Har mehmonga ismli shaxsiy havola
  • Qogʻoz taklifnoma uchun QR-kod

Koʻp soʻraladigan savollar

Onlayn toʻy taklifnomasi qanday ishlaydi?

Siz dizayn tanlab, kelin-kuyov ismlari, sana va toʻyxona manzilini yuborasiz. Biz shaxsiy sahifa tayyorlab, havolasini beramiz. Havolani mehmonlarga Telegram, WhatsApp yoki Instagram orqali yuborasiz.

Mehmon kelish-kelmasligini bilsam boʻladimi?

Ha. Taklifnomada “Kelaman / Kelolmayman” tugmasi va tilaklar formasi bor — javoblar Telegramga keladi.

Qogʻoz taklifnoma bilan birga ishlatsa boʻladimi?

Ha. Premium paketda QR-kod beriladi — uni qogʻoz taklifnomaga bosib chiqarsangiz, mehmon telefonida onlayn sahifani ochadi.

Toʻydan keyin havola ishlaydimi?

Ha, havola toʻydan keyin ham ochiq qoladi — esdalik sifatida saqlanadi.

Narxi qancha?

Mini — 150 000 soʻm (tayyor dizayn, ism, sana, manzil va xarita). Premium — 200 000 soʻm (qoʻshimcha musiqa, foto-galereya, har mehmonga ismli havola va qogʻoz taklifnoma uchun QR-kod).

Bepul namuna koʻrsam boʻladimi?

Ha. Ism va sanani yuborsangiz, bir necha dizayndagi bepul namunalarni darhol koʻrsatamiz — yoki saytdagi “Namuna yaratish” sahifasida oʻzingiz yarating.

Telefonda ochiladimi, ilova kerakmi?

Hech qanday ilova kerak emas — taklifnoma har qanday telefon va kompyuterda brauzerda ochiladi.

Boshqa tadbirlar uchun